Starrij "Milan"da Bakkaning o'rnini egallashi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 mar 2017, 16:41
"Milan" rahbariyati doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan "Liverpul" hujumchisi Deniel Starrijga qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydlar ustozi Yurgen Klopp futbolchining kelajagi yozda ma'lum bo'lishi haqida aytgan edi.

"Milan" rahbariyati Karlos Bakkani sotib, tushgan pulga Starrijni xarid qilishni rejalashtirmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com