"So'g'diyona" so'nggi bor qachon mavsumni g'alaba bilan boshlagan?

Iskandarov Abdulaziz
27 fev 2026, 14:12
Superliganing 1-turidan bir qator qiziqarli o'yinlar o'rin olgan.

Ivan Boshkovich ustozlik qilayotgan "So'g'diyona" jamoasi birinchi turda "Andijon" bilan kuch sinashadi. Jizzaxliklar ketma-ket 4 yildan buyon chempionatni g'alabasiz boshlamoqda. "Bo'rilar" oxirgi marotaba 2021 yilgi elitaning startida 3 ochkoni qo'lga kiritgan. O'shanda jamoa Namanganda "Navbahor" ustidan zafar quchgan (1:0).

2025. "Nasaf" - "So'g'diyona" 1:0

2024. "So'g'diyona" - "Neftchi" 1:2

2023. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 0:1

2022. "Bunyodkor" - "So'g'diyona" 0:0

2021. "Navbahor" - "So'g'diyona" 0:1

Ushbu qarama-qarshilik soat 18:45 da  "Bobur Arena"da start olishi rejalashtirilgan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia