Sofascore. Shomurodov va Fayzullaev necha bahoga loyiq ko'rildi?

20 apr 2026, 09:15
Turkiya Superligasi 33-tur doirasidagi "Trabzonspor" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 75-daqiqada zaxiraga olindi, yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa jarohatdan so'ng safga qaytdi. Xavbek 81-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi va 87-daqiqada sariq kartochka oldi. Hamyurtimiz keyingi o'yinni sariq kartochkalar yig'ilib qolgani sabab o'tkazib yuboradi.

O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Sofascore kechagi uchrashuv uchun Shomurodovga 6,7 baho qo'ydi. Fayzullaev esa 6,4 bahoga loyiq ko'rildi.


Manba: Sofascore