

“Sho'rtan“ futbol klubi o'z infratuzilmasini rivojlantirish va yosh istedodlarni yuqori saviyada tayyorlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. 2024 yil oxirida Germaniyaning “Gannover 96” klubi mutaxassisi Andrey Vaybert G'uzorga tashrif buyurib, murabbiylar uchun Yevropa futboli metodikasini tanishtirgan edi.
Hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida germaniyalik mutaxassisni yana “Sho'rtan“ futbol klubi taklif qildi. Joriy tashrif doirasida mutaxassis yil davomida jamoa va akademiya murabbiylari bilan ish olib boradi. Vaybert zamonaviy futbol metodikasi bo'yicha treninglar o'tkazib, murabbiylar va yosh futbolchilarga o'z bilim va tajribasini o'rgatadi. Shuningdek, futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligiga e'tibor qaratib, ularning professional rivojlanishiga hissa qo'shadi.
“Sho'rtan“ akademiyasi uchun bu tashrif muhim ahamiyat kasb etib, kelajakda jahon standartlariga mos futbolchilarni yetishtirishga zamin yaratadi. Klub rahbariyati ushbu hamkorlikni uzoq muddat davom ettirish niyatida ekanligini ma'lum qildi.




