"Shaxtyor" futbolchisi uchun milanliklar kurashmoqda

Mirjalol Normatov
21 apr 2019, 12:44
"Shaxtyor" himoyachisi Ismoili faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Calciomercatoweb" xabariga ko'ra, 29 yoshli braziliyalikning xizmatlariga "Inter" va "Milan" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Ismoilining "konchilar" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi. Uning tovon puli 100 million evroga teng.

Ismoili 2013 yilda "Shaxtyor"ga ko'chib o'tgandi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 12 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercatoweb