Shavkat Yusupov: "Olimpik" etarlicha muammolar tug'dirdi"

Sherzod Nurmatov
23 sen 2025
Pro liga 15-turidan joy olgan "Olimpik" – "FarDU" (1:3) bellashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Shavkat Yusupov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugungi g'alaba bilan rahbariyat va bizga muxlislik qilayotgan hammani tabriklayman! "Olimpik" yosh jamoa bo'lishiga qaramay, etarlicha muammolar tug'dirdi, lekin vaziyatlarimizdan unumli foydalanish evaziga g'alaba qozondik", – dedi Yusupov.

- "FarDU" oxirgi ikki o'yinda raqobatchilarini ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Bu nima bilan bog'liq? Jamoa asosiy raqobatchilaridan ancha kuchlimi yoki futbolchilarning ishtiyoqi yuqorimi?

- "Jayxun"dan oldingi uchrashuvlarimizda ham etarlicha vaziyatlar yaratgandik, ammo ijroda kamchiliklarimiz mavjud edi. Bularning ustida ishladik va mana gollar ham sekin-asta urilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia