Serbiya chempionatida murabbiy o'yin paytida vafot etdi

Iskandarov Abdulaziz
4 noya 2025
"Radnichki-1923" klubi bosh murabbiyi Mladen Jijovich "Mladost" jamoasiga qarshi safar o'yini paytida o'zini yomon his qilgan.

"Tek Saha" portalining xabar berishicha, Jijovichga o'yinning 22-daqiqasida yomon ahvolga tushgan. U shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda hayotdan ko'z yumgan. Uchrashuv "Radnichki-1923" jamoasi foydasiga 2:0 hisobida to'xtatilgan.

44 yoshli murabbiy Mladen Jijovich 2025 yilda "Radnichki 1923" jamoasini boshqaruvini qo'lga olgan edi. U avvalgi faoliyati davomida u Bosniyaning "Zrinski" va "Sloboda", shuningdek, Albaniyaning "Shkupi" klublarida ishlagan. Futbolchilik davrida esa "Zrinski", "Borac" va "Radnik" jamoalari safida to'p tepgan hamda ikki marta Bosniya va Gertsegovina kubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek, Jijovich Bosniya terma jamoasi safida ikki uchrashuvda maydonga tushgan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Tek Saha