"Sautgempton" futbolchisi 26 yoshida faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
2 yanv 2021, 16:15
"Sautgempton" matbuot xizmati Sem Makkuinning futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

26 yoshli futbolchi 2018 yili "Midlsbro"da o'ynab yurgan payti tizzasidan olgan o'ta jiddiy jarohatini davolay olmadi.

"Bu qarorni qabul qilish oson bo'lmadi. Futbolni o'ynashni istayman. Biroq hozir o'zim va oilam uchun muhimroq bo'lgan qaror chiqarishim kerak edi", - dedi Makkuin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: saints.com