Saudiya Arabistoni Pro ligasi. Sensaciya qayd etilmadi, "Al Hilol", "Al Nassr" va "Al Shabab"da g'alaba

Alisher Ostonov
15 mar 2026
Saudiya Arabistoni Pro ligasi 26-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yinlarda sensaciya qayd etilmadi. "Al Hilol" "Al Fateh"ni Sergey Milinkovich-Savichning goli evaziga mag'lub etdi. "Al Nassr" esa "Xalij" darvozasiga 5 ta to'p kiritdi. Gollarga Abdulloh Al Hamdan, Ayman Yahyo, Joau Feliks (dubl) va Angelo mualliflik qildi. "Al Shabab" esa Abdurrazoq Hamdallah va Yannik Karraskoning aniq zarbalari evaziga "Al Uhdud"ni taslim etdi.

26-turdan so'ng Saudiya Arabistoni chempionatida "Al Nassr" 67 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o'rindagi "Al Hilol"da 64 ochko bor. Undan keyingi o'rinlarni "Al Ahli" (62 ochko) va "Al Qodisiya" (60) band qilib turibdi.


15 mar 2026, 00:00
Al Fateh — Al Hilal
0 – 1
Tugadi



15 mar 2026, 00:00
Al Khaleej — Al Nassr
0 – 5
Tugadi



15 mar 2026, 00:00
Al Shabab — Al Akhdoud
2 – 0
Tugadi




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia