Saudiya Arabistoni Pro ligasi. "Al Nassr" muhim o'yinda 90+5 daqiqada gol urib, g'alaba qozondi

Alisher Ostonov
8 mar 2026
Saudiya Arabistoni Pro ligasi 25-tur doirasidagi "Al Nassr" - NEOM o'yini bo'lib o'tdi.

"Al Nassr"ning ustunligi bilan o'tgan o'yinda 90+5 daqiqada Muhammad Simakan (Joau Feliks - assist) tomonidan urilgan gol bahs taqdiri hal qildi. Qayd etish kerakki, mezbonlar yulduzi Krishtianu Ronaldu ushbu o'yinda jarohati sabab ishtirok eta olmadi.

"Al Nassr" Saudiya Arabistoni chempionatida 25-turdan so'ng 64 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda bormoqda, ikkinchi o'rindagi "Al Ahli" 62 ochkoga ega. Uchinchi o'rindagi "Al Hilol" hisobida 61 ochko bor.


8 mar 2026, 00:00
Al Nassr — NEOM SC
1 – 0
Tugadi






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia