Samu Omorodion - "Manchester Yunayted"ning yangi maqsadi

Alisher
8 dek 2024, 16:40
"Manchester Yunayted" "Portu" forvardi Samu Omorodionga qiziqmoqda.

Futbolchini xarid qilishni mankunianlarning yangi murabbiyi Ruben Amorimning shaxsan o'zi so'ragan. Qayd etilishicha, Angliya grandi bosslari yosh ispan bilan shartnoma imzolash g'oyasini qo'llab-quvvatlaydi.

"Qizil iblislar" Omorodion uchun 60 mln evro taklif qilishga tayyor.

Futbolchi "Portu" safida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: El Nacional