Ryudiger "Chelsi"ga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
7 noya 2025
"Real"ning tajribali himoyachisi Antonio Ryudiger bu mavsumdan keyin klubini o'zgartirishi va Londonning "Chelsi"siga qaytish ehtimoli bor.

"Marca"ning xabar berishicha, 32 yoshli germaniyalik garchi "Real"ni ustuvor deb bilsa-da, hali Madrid klubi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagan. Himoyachi uchun variantlardan biri uning sobiq jamoasi "Chelsi" bo'lib turibdi. Saudiya Arabistoni klublari ham Ryudigerga qiziqish bildirmoqda.

Shuni takidlash kerakki, Antonio Ryudiger hozirda jarohatidan tiklanmoqda. U ushbu mavsum "qaymoqranglilar" safida faqat bitta La Liga o'yinida maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca