Ruben Amorim: "Menimcha, biz hali tayyor emasmiz"

Khoja
27 avg 2025, 10:48
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoasi hali Evrokuboklarda ishtirok etishga tayyor emasligini ma'lum qildi.

"Menimcha, biz hali Evrokuboklarda o'ynashga tayyor emasmiz. Biz APL va ECHLda kuchli natijaga erishishimiz uchun hozirda jamoani rivojlantirishimiz lozim. 

O'tgan mavsumda har bir o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt kerakligini aytgandim. Biz hozir jamoaning poydevorini qo'yib olishimiz lozim. Shundan so'ng natijalar yaxshilanadi va Evrokuboklar haqida gapirishga imkon bo'ladi", - dedi Amorim.

Eslatib o'tamiz, MYU joriy mavsum APLni omadsiz boshladi. Amorim jamoasi dastlabki 2 ta turda 1 ochko to'plab, hozirda turnir jadvalining 16-pog'onasida ketmoqda.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru