Kamoliddin Tojiev: "Bu biz uchun og'riqli mavzu"

Khoja
16 fev 2026, 09:15
"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Kamolliddin Tojiev "Rubin" bilan o'tkazilgan o'rtoqlik o'yini haqida fikr bildirdi.

"O'yindan mamnunmiz. Ha, yana standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. Bu biz uchun og'riqli mavzu. “Rubin” yaxshi jamoa. Ular 90 daqiqa davomida fizik jihatdan bosim bilan o'ynaydi. Kuchli jamoa. Bizda yakun yo'q - maydonga chiqamiz, lekin gol urishni uddalay olmaymiz. “Rubin” ham bunga yo'l qo'ymadi, ular maydonning har bir qismida bosim o'tkazdi. O'yindan mamnunman, - deb fikr bildirdi murabbiy.

"Rubin" Rossiya chempionatida 18 turdan keyin 23 ochko bilan 7-o'rinni egallamoqda. Jadvalda birinchi o'rinda 40 ochko bilan "Krasnodar" turibdi.



KhojaMuallif
Manba: championat.com