Ro'ziqul Berdiev: "Surxon" yaxshi himoyalandi va jips harakat qildi"

Sherzod Nurmatov
20 mar 2026
Superliga 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Surxon" (0:1) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"Surxon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun ularning o'yinga tuzgan rejasi amalga oshdi. Raqib jamoa yaxshi himoyalandi va jips harakat qildi. Qarshi hujumlarda o'z imkoniyatlaridan foydalandi hamda uchrashuv yakunida maqsadiga erishdi.

Bizning asosiy muammomiz bugun hujumlarda etarlicha faol bo'lmaganimiz bo'ldi", – dedi Berdiev.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia