Romanolining yangi klubi ma'lum

Alisher
9 iyul 2022
"Milan" sobiq himoyachisi Alessio Romanoli "Lacio"ga o'tadi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 27 yoshli italiyalik Rim klubi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

Qayd etish kerakki, himoyachining maoshi yiliga 3 million evroni tashkil etadi va bonus bilan 3,4 milliongacha chiqishi mumkin.

Romanoli yaqin kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Futbolchi o'tgan mavsum "Milan" tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com