"Roma"ga "Sampdoriya" futbolchisi kerak

Alisher
12 okt 2021, 15:18
"Sampdoriya" himoyachisi Bartosh Bereshinski "Roma"ga o'tishi mumkin.

Rim klubi 29 yoshli Polsha terma jamoasi o'yinchisiga qiziqish bildirmoqda va himoyachini qishda transfer qilishga urinmoqchi.

"Roma" futbolchining transferi uchun 6 million evro to'lashni rejalashtirmoqda. Uning "Sampdoriya" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bereshinski joriy mavsum A Seriya doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato