"Real"ning yangi o'yinchisi Madridga uchib keldi

Alisher
8 sen 2021
"Real"ning yangi futbolchisi Eduardo Kamavinga Madridga keldi.

Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda. U samolyot oldida futbolchining o'z agenti bilan tushgan rasmini joyladi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Real" francuzning tanishtiruv marosimini bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:30da o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Eduardo "Real"ga "Renn"dan joriy yilning 31 avgustida bonuslarsiz 31 mln evro evaziga o'tdi.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano