"Real"ga qaytgan Zidan ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2019, 17:40
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi.

Mashg'ulot 13 mart kuni bo'lib o'tdi. Bu fransiyalik mutaxassisning "Qirollik klubi"ga qaytganidan so'ng o'tkazgan ilk mashg'uloti bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Zidan 2016-2018 yillarda "Real"ni boshqargan edi. 11 mart kuni mutaxassis jamoaga qaytdi. U "Qirollik klubi"da Santyago Solari o'rnini egalladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com