"Real"ga klub bazasida La Liga chempionlik kubogini topshirishdi. Jamoa bugun 36-titulini nishonlaydi

Alisher
12 may 2024
"Real"ga klub bazasida La Ligadagi g'oliblik kubogini topshirishdi.

Murabbiy Karlo Anchelotti jamoasi muddatidan oldin chempionga aylandi.

Ammo, "Real" "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob o'yiniga tayyorgarlik sabab 36-chempionlik titulini nishonlamagandi. "Real" kecha mehmonda "Granada" (4:0)ni mag'lub etdi va Segundaga tushib ketadigan jamoa maydonida sovrinni olishni istamadi.

G'oliblikni nishonlash bugun Madriddagi "Sibeles" fontanida bo'lib o'tadi, "qaymoqranglilar" u yerda ananaviy ravishda o'z g'alabalarini nishonlashadi.

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi "Real"ga klub bazasida chempionlik titulini topshirdi – RFEF prezidenti Pedro Rocha uni jamoa sardori Nacho Fernandesga topshirdi.


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com