"Real" prezidenti: "Yevropa klublar futboli hech qachon monopoliya bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
21 dek 2023, 18:35
"Real" prezidenti Florentino Peres Superliga futbol loyihasi bo'yicha Yevropa sudi qaroriga izoh berdi.

Avvalroq sud Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) va Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Ittifoqining (UEFA) Superliga tashkil etilishini taqiqlash bo'yicha harakatlarini noqonuniy deb topgandi.

"Birinchidan, Yevropa klublar futboli monopoliya emas va hech qachon monopoliya bo'lmaydi ham. Ikkinchidan, bugundan boshlab klublar o'z taqdiriga xo'jayin bo'lishadi. Yevropa futbolining buguni va kelajagi nihoyat klublar, futbolchilar va ularning muxlislari qo'liga o'tadi", – dedi Peres.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com