"Real" futbolchisi Krishtianu Ronaldu tomonidan taqdim etilgan sovg'a bilan maqtandi
Nozimov Nig'monxo'ja
26 noya 2023
"Real Madrid"ning braziliyalik futbolchisi Vinisius Junior "Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldudan sovg'a oldi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida harakat qilgan libosini braziliyalik futbolchiga yubordi. Ushbu formada Ronaldu Evro-2024 saralash bahslarida Lixtenshteynga qarshi maydonga tushgan va o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ygan.