"Real" futbolchilari UEFA Superkubogi o'tkaziladigan Varshavaga hashamatli ko'rinishda kelishdi

Tolibjon Qosimov
13 avg 2024
Ertaga tunda UEFA Superkubogi uchun bellashuv bo'lib o'tadi.

Unda YCHLning amaldagi g'olibi "Real" Yevropa Ligasi sohibi "Atalanta"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Polsha poytaxti Varshavadagi "Milliy stadion"da o'tkaziladi. Uchrashuv O'zbekiston vaqti bilan ertaga tunda 00:00da start oladi.

"Qirollik klubi" biroz avval Superkubok bo'lib o'tadigan Varshava shahriga yetib borishdi. E'tiborga molik tomoni, madridliklar ushbu o'yinga Italiyaning mashhur "Zegna" brendi tomonidan taqdim etilgan maxsus kostyum shim va oyoq kiyimlarda kelishdi. "Zegna" 1910 yilda asos solingan Italiya brendi va u erkaklar uchun hashamatli libos, oyoq kiyimlar va parfyumeriya ishlab chiqaradi. "Real" ushbu brend bilan 2 yildan beri hamkorlik qilib keladi. "Zegna" "Real"ning nafaqat futbol, balki basketbol jamoasi uchun ham maydondan tashqarida kiyish uchun hashamatli kiyimlarni taqdim etib keladi.


"Qaymoqranglilar"ning Varshavaga kelishidan suratlarni ko'ring va YCHL g'oliblarining ust-boshlariga o'zingiz baho bering.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia