"RB Leyptsig" "Ayaks" o'yinchisi uchun 30 mln evro sarflashga tayyor

Alisher
25 iyun 2022, 12:23
"RB Leyptsig" rahbariyati "Ayaks" himoyachisi Edson Alvares uchun katta mablag' to'lashga tayyor.

Qayd etish kerakki, himoyachining o'zi Domeniko Tedesko boshqarayotgan "buqalar" safiga o'tishga qarshi emas.

Alvaresning xizmatlariga shuningdek Londonning "Kristal Pelas" klubi qiziqish bildirmoqda.

Edson Alvares o'tgan mavsum Niderlandiya chempionatida 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Voetbal International