

Solgorskning "Shaxtyor" klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Shahzodbek Ubaydullaev bilan tuzilgan shartnoma ikki tomonning kelishuviga ko'ra bekor qilingan.
O'zbekistonlik hujumchi "Shaxtyor" safiga 2021 yil boshida borib qo'shilgandi. U ikki marta "Energetik-BGU" va Farg'onaning "Neftchi" klublariga ijaraga berilgandi.
Ubaydullaev "Shaxtyor" safida 9ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.



