Rasmiy xabar: Anvarjon G'ofurov "Neftchi"ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2022
Bugun "Neftchi" klubi rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi.

O'tgan mavsumning birinchi davrasida "Neftchi" sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi, farg'onalik Anvarjon G'ofurov jamoa bilan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot o'rnida, G'ofurov o'tgan mavsumni birinchi davrasida "Neftchi"da o'tkazib, ikkinchi davrda Bekabodning “Metallurg” jamoasida harakat qildi. Himoyachi o'tgan mavsum mobaynida Superliganing 23 ta uchrashuvda maydonga chiqib, 2058 daqiqani maydonda o'tkazdi.

Championat.asia sayti 15 dekabr kuni G'ofurov "Neftchi"ga o'tishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати