Rasman: "Yuventus" Kayo Jorji transferini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2021, 23:49
Kayo Jorji "Yuventus" futbolchisi.

"Yuventus" klubi rasman Kayo Jorji transferini e'lon qildi. 19 yoshli Jorji "Santos" klubidan xarid qilindi. Bitim 2026 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq, ushbu transfer "Yuve" uchun 2.5 mln evro to'lashi qayd etilgandi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Braziliya chempionatida Kayo Jorje 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.juventus.com