Rasman: Otabek Jo'raqo'ziev "So'g'diyona" klubi a'zosiga aylandi

Administrator
14 yanv 2026
Jizzaxliklar navbatdagi transferni amalga oshirishdi.

"So'g'diyona" klubi rasman Otabek Jo'raqo'ziev bilan kelishuv imzolaganini ma'lum qildi. Jizzax klubi Jo'raqo'ziev bilan 2026 yilning oxiriga qadar, yani bir yillik shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Otabek Jo'raqo'ziev o'tgan mavsumni "Paxtakor"da boshlab, ikkinchi davradan "Andijon" safida harakat qilgandi.

Avvalroq "Andijon" bilan xayrlashgan hujumchi "So'g'diyona"ga o'tgani haqida xabar bergan edik.


AdministratorMuallif
Manba: "Сўғдиёна" клуби матбуот хизмати