Otabek Shukurov: "Katanetsdan Husanovni tarkibga qo'shishini iltimos qilganmiz. JCHdan oldin barchaning e'tiboridamiz"

Абдулвосит Бектемиров
26 mar 2026
MTJ yetakchisi Otabek Shukurov bugungi mashg'ulotlardan oldin OAV vakillari bilan suhbatlashdi.

"Mundialdan oldingi so'nggi yig'in. JCHdan oldingi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazamiz. Ikkita uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Eslasangiz, JCH saralashidan oldin ham terma jamoa yaxshi natijalar qayd etgan edi. Endi to'rt yillikning eng yirik musobaqasidan avvalgi bahslarda g'alabaga erishishni ko'zlayapmiz. Mundialga yaxshi "dux" bilan borishni istaymiz", - deya fikr bildirdi Otabek Shukurov.

- Abdumajidov va Karimov kabi yosh futbolchilar terma jamoaga qanday foyda keltirishi mumkin? O'zingiz ham o'z vaqtida yosh yigitcha bo'lib terma jamoaga kelgansiz...

- Bir necha kun avval murabbiylar shtabi bilan shu haqda gaplashdik. Yoshlar bizga yordam beradi. Terma jamoada har bir futbolchining o'rni muhim. Biz ham o'z vaqtimizda yosh bo'lganmiz va kattalar o'z vaqtida bizga yordam bergan. Bu juda ham muhim. Yosh futbolchilar terma jamoaga engilroq qo'shilib ketsa, kelajakda bizdan ham yaxshiroq bo'lishiga tilakdoshmiz. JCH saralashidan oldin Fayzullaev va Husanov terma jamoaga qo'shilgan edi. Katanetsdan Husanovni asosiy tarkibga qo'shishni iltimos qilganmiz. Hozirgi natijani esa o'zingiz ko'rib turibsiz.

- MTJning hozirgi holatidan kelib chiqib ushbu musobaqada qanday vazifalar qo'yildi?

- Jarohatlangan futbolchilarga yaratgan egam shifo bersin. Sportda jarohat har doim yonma-yon yuradi. Ularning o'rnini to'ldira oladigan futbolchilar topiladi, degan umiddaman. Ushbu musobaqa ham o'ta muhim. Muxlislarimiz ko'z oldida o'ynaymiz. JCHdan oldin barchaning e'tibori bizga qaratilgan. Jahon chempionatiga yaxshi tayyorlanib olishimiz kerak.


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: