Rasman: Osimxen - "Galatasaroy"ning to'laqonli a'zosi!

Mirjalol Normatov
1 avg 2025, 00:52
"Galatasaroy" Viktor Osimxenni sotib olganini ma'lum qildi.

Turk klubi hujumchi uchun "Napoli"ga 75 million evro to'laydi, shuningdek, neapolliklar sobiq futbolchisining keyingi sotuvidan 10 foiz mablag'ni qabul qilib oladi.

Shartnoma 4 yilga mo'ljallangan, uning yillik maoshi 15 million evroni tashkil qiladi, shuningdek, shartnoma imzolagani uchun 1 million evroni qabul qilib oladi.

Bungacha futbolchi "Galatasaroy"da ijara asosida faoliyat olib borayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: galatasaray.org