Rasman: Noni Madueke - "Arsenal" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
18 iyul 2025, 21:14
"Arsenal" matbuot xizmati Noni Maduekening transferini e'lon qildi.

Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'ydi. Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, "Arsenal" futbolchi uchun 50 mln funtdan ko'proq mablag' to'laydi.

Madueke "Arsenal"da 20-raqam ostida to'p tepadi.

Noni bunga qadar "Chelsi"da ikki mavsum o'ynadi va APLning 67 o'yinida 13 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: arsenal.com