Rasman: Masharipov klubi bosh murabbiysiz qol(a)di

Mirjalol Normatov
27 sen 2024
"Istiqlol" futbol klubi matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Javod Nekunamning ishdan ketayoganini ma'lum qildi.

Klub matbuot xizmatining yozishicha, iste'fo yaqinlashib kelayotgan OCHL Elit ligasi doirasida "Al Sadd" bilan o'yindan keyin amalga oshiriladi. Bu o'yin 30 sentyabr kuni o'tkaziladi.

"Klubdagilar va murabbiylar shtabi o'rtasidagi muzokaralardan keyin shunday qarorga kelindi. Ungacha barcha o'z shartnomalariga yarasha professional ish olib boradi.

Muxlislarga shuni aytishimiz kerakki, murabbiy tanlab olish juda og'ir jarayon va bunga katta vaqt talab qilinadi", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/EsteghlalfcTelegram