Rasman: Izzatillo Abdulhaqov - "Mashal" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
18 fev 2026
Muborakning "Mashal" jamoasi yangi mavsum oldidan selekciya ishlarini faol davom ettirmoqda.

Igor Surov boshchiligidagi murabbiylar shtabi hujum chizig'ini yosh va umidli futbolchi bilan kuchaytirdi.

Muborakliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, 23 yoshli markaziy hujumchi Izzatillo Abdulhaqov rasman "gazchilar" safiga qo'shildi va shartnoma imzoladi.

Yangi hujumchi haqida ma'lumot:

Yoshi: 23 yosh.

Bo'yi: 1.78 m.

Amplua: Markaziy hujumchi.

Sobiq jamoasi: Izzatillo "Mashal"ga o'tishdan avval Nukusning "Aral" jamoasi sharafini himoya qilgan. U yerda o'zining sermahsul o'yinlari va muhim gollari bilan mutaxassislar e'tiboriga tushgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати