

“Qayrat”ni erkin agent sifatida tark etib, biroz muddat “Zenit”ning kuzatuvi ostida bo'lgan yarim himoyachi Bauirjan Islamxan faoliyatini BAAda davom ettiradi.
U “Al-Ayn” tarkibida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Rossiyadan Amirliklarga uchib ketgan. Ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli futbolchi “Al-Ayn” bilan 5 oyga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Avvalroq, Islamxan mavsumlar oralig'ida "Zenit" safida mashg'ulot o'tkazgani haqida xabar bergandik. Biroq, Rossiya klubi Qozog'iston TJ sardori bilan kelishuvga erishmagan.



