PSJ navbatdagi transferni e'lon qildi

Aziz Tukhtamuradov
1 iyul 2022
PSJ "Portu" yarim himoyachisi Vitinyaning transferi haqida rasmiy ma'lumot berdi.

Futbolchi va klub o'rtasida 2027 yilgacha shartnoma imzolandi. Parijliklar ushbu transfer uchun 40 million evro to'laydilar. 

Portugaliyalik 22 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Portu" safida barcha turnirlarda 47 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Foto: PSJ matbuot xizmati


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: psg.fr