PSJ futbolchisi Dortmundga yo'l olishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 iyul 2023, 18:51
PSJ hujumchisi Uorren Zair-Emeri "Borussiya" D, "Manchester Siti" va "Arsenal" qiziqishlari doirasida.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, dortmundliklar 17 yoshli hujumchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Futbolchi atrofidagi voqeliklarni "Arsenal" va "Manchester Siti" kuzatib bormoqda. Biroq parijliklar futbolchisini sotib yuborish niyatida emas. Klub unga shartnoma taklif qilmoqchi.

Yakunlangan mavsumda Zair-Emeri PSJ tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport