"Portu" "Spartak" hujumchisini sotib oldi

Alisher
2 iyul 2019, 17:52
"Spartak" va "Portu" klublari hujumchi Ze Luish borasida bir to'xtamga kelishdi.

Transfer o'yinchining tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganidan so'ng amalga oshgan. Bu haqda Rossiya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

28 yoshli kabo-verdelik futbolchi "qizil-oq"lar tarkibiga 2015 yil yozda, Portugaliyaning "Braga" klubidan kelib qo'shilgan edi. 

Ze Luish 4 mavsum davomida barcha turnirlarda 109ta o'yinda maydonga tushib, 35ta gol urishga erishgan.

Forvard 2017 yilda "Spartak" bilan Rossiya chempionligi va Superkubogini qo'lga kiritgan.


AlisherMuallif
Manba: witter.com/fcsm_official