Pogba yangi klubi deyarli ma'lum

Alisher Ostonov
23 iyun 2025, 00:35
Pol Pogba "Monako"dagi transferini yakunlashga yaqin turibdi.

32 yoshli jahon chempioni erkin agent maqomida "Monako" tarkibini to'ldiradi va ikki yillik shartnoma imzolaydi.

Takidlanishicha, Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi ham sotib olishni istagan "Yuventus"ning sobiq yarim himoyachisi knyazlik klubiga o'tish uchun katta moliyaviy jihatlardan voz kechgan.

Eslatib o'tamiz, Pogba doping qabul qilgani uchun diskvalifikaciya tufayli jamoasiz qolgandi. "Yuventus" u bilan shartnomani noyabr oyida bekor qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: leparisien.fr