Pol Pogba: "Agar Brunu "Manchester Siti"da o'ynaganida, "Oltin to'p"ga davogar bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
21 apr 2026, 23:42
Hozirda "Monako" sharafini himoya qilayotgan Pol Pogba Rio Ferdinandga bergan intervyusida sobiq jamoadoshi Brunu Fernandeshning salohiyati haqida gapirdi.

Pogbaning fikricha, "Manchester Yunayted"dagi muvaffaqiyatsizliklar portugaliyalik yulduzning shaxsiy yutuqlariga soya solmoqda.

"Brunu Fernandesh hozirgi "Manchester Yunayted"dagidan ko'ra ko'proq narsaga qodirmi? Sizningcha, boshqa jamoada u "Oltin to'p" uchun kuchli uchlikka kirmagan bo'larmidi?

Menimcha, agar uni "Manchester Siti"ga olib o'tsangiz, uning statistikasi, o'yin darajasi va boshqa barcha jihatlarini hisobga olsak, u albatta kuchli uchlikda bo'lardi. Ammo agar jamoang bilan g'alaba qozonmasang, seni hech kim eslamaydi", - dedi francuz yarim himoyachisi.

Eslatib o'tamiz, Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" safida eng ko'p golli vaziyatlar yaratadigan futbolchilardan biri bo'lsa-da, klubning so'nggi yillardagi beqaror natijalari uning nufuzli individual sovrinlar uchun kurashishiga yo'l qo'ymayapti. Pogba esa aynan jamoaviy muvaffaqiyat individual etirof uchun qanchalik muhimligini takidlamoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportbible