Pogba diskvalifikaciya haqida: "Haqiqiy hayot" nimaligini tushundim"

Omonjon To`xtamirzayev
10 apr 2025, 11:43
Yarim himoyachi Pol Pogba doping tufayli uni dastlab aytilganidek, 4 yilga diskvalificiya qilinganida faoliyatini yakunlab yuborishi haqida aytib o'tdi.

Qayta arizadan keyin jazo muddati 18 oyga qisqartirildi.

"Agarda 4 yilga diskvalifikaciya qilinganimda, futbol o'ynashni to'xtatrdim. Bu haqida intervyularda aytmagan bo'lsamda, ich-ichimdan shuni his qildim.

Men to'pni olib o'zim ko'chada to'p tepdim. Boriga ko'nib, ko'nikib yashashimga to'g'ri keldi. Biroq men Turinda qolishni istamasdim. Ertalab men bolalarni maktabga olib borardim, u esa shundoqqina mashg'ulot maydonchasining yonida edi, bu juda og'ir...

To'g'risi, men jazo sababini tushunmadim [nima uchun 4 yil jazo berilganiga]. Nima uchun? Ular maksimal jazoni belgilashda, bundan kelib chiqadiki, ular men aytgan gaplarimning birortasini ham eshitmagan.

Bo'lib o'tgan ishlar menga qattiq ta’sir qildi va meni o'zgartirdi. Haqiqiy hayot" nimaligini tushundim. Bu xuddi to'liq "tozalanish"ga o'xshardi. Kutilmaganda, birdaniga 10 yoshlarga ulg'aydim".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gqmagazine.fr