Pep Gvardiola: "Abduqodir Husanov tayyor"

Sherzod Nurmatov
28 okt 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa hujumchisi Erling Holand, yarim himoyachi Rodri va himoyachi Abduqodir Husanov haqida gapirib o'tdi.

"Erling Holandni bugun ko'rmadim, unda biroz shikastlanish bor edi. Tushdan keyin mashg'ulot o'tkazamiz va u o'zini qanday his qilishini ko'ramiz.

Abduqodir Husanov tayyor. U ertaga bir necha daqiqa o'ynaydi.

Rodri hali tayyor emas. U tiklanish mashg'ulotlarini bajarmoqda", – dedi Gvardiola. 

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Liga Kubogi 4-bosqichida "Suonsi Siti" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv ertaga 00:45 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com