"Paxtakor" - "Al Sadd". Akrom Afif Toshkentga kelmadi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2025
Dushanba kuni Elit OCHL 8-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Al Sadd" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Al Sadd" bosh murabbiyi Feliks Sanches Toshkentga jamoaning asosiy yetakchisi Akrom Afifni olib kelmaslikka qaror qildi. Qatar klubi keyingi bosqichga chiqib bo'lgani uchun murabbiy unga dam bergandir. Afifdan tashqari ikki nafar asosiy tarkibda o'ynaydigan legioner ham Toshkentga olib kelinmagan.


Toshkentga kelmagan legionerlar va mashhur futbolchilar: Muhammad Kamara (Mali), Paulo Otavio (Braziliya), Akrom Afif (Qatar).

Toshkentga kelgan legionerlar: Kristo Gonsales (Ispaniya), Gilerme (Braziliya), Rafa Muxika (Ispaniya), Jiovani (Braziliya), Romain Saiss (Marokash), Klaudino (Braziliya), Yasuf Atal (Jazoir), Abdessamed Bounaser (Jazoir), Adam Ounas (Jazoir).

"Al Sadd"ning O'zbekistonga kelgan tarkibi: 
1.Saad Al Shib, 22.Meshal Barsham, 31.Yusuf Baliadeh, 2.Pedro Migel Ro Ro, 3.Ahmed Sayyar, 8.Ali Asadalla, 9.Yusuf Abdurisag, 10.Hassan Al Haydos, 13.Abulloh Al Yazidi, 14.Mustafo Meshaal, 17.Bualem Huhi, 17.Kristo Gonsales, 18.Gilerme, 19.Rafa Muxika, 21.Jiovani, 23.Hashim Ali, 29.Romain Saiss, 33.Klaudino, 37.Ahmed Suhail, 70.Musaab Xeder, 77.Yasuf Atal, 81.Abdessamed Bounaser, 96.Adam Ounas.
Bosh murabbiy: Feliks Sanches (Ispaniya).

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Al Sadd" uchrashuvi 17 fevral kuni soat 19:00da "Jar" stadionida boshlanadi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia