Pavlyuchenko: “Keyn nol edi”

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2020
APLda harakat qilgan rossiyalik futbolchi Roman Pavlyuchenko “Tottenxem”dagi sobiq sherigi Xarri Keyn haqidagi taasurotlari bilan o'rtoqlashdi.

“U qobilayatsiz, nol edi va ikkinchi jamoada o'ynardi. Unga qaradim va qanday qilib futbol o'ynay olarkin deb o'ylardim. Na pas berardi, na qabul qila olardi, qandaydir sekin, erinchoq ko'ringandi”, deydi Pavlyuchenko.

Roman Keynning keskin o'zgarganidan hayratdaligini bildirib, endi esa uni “afsona” sifatida ko'rishini aytgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Окко Спорт