Pape Suare "Tvitter"da Pikega javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
19 apr 2017, 11:45
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike "Real" Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya" ustidan g'alaba qozonganidan so'ng "Tvitter"da 3 ta nuqta yozib, "Qirollik klubi"ning g'alabasiga ishora qilgan edi.

"Kristal Pelas" himoyachisi Pape Suare Pikening "tviti"ga javob qaytardi. Suare javob tariqasida 2009 yil Chempionlar ligasi yarim finali - "Chelsi" hamda "Barselona" o'rtasidagi uchrashuvdan olingan suratlarni joylagan. O'sha bahsda hakamlik qilgan Evrebe Kataloniya klubi futbolchilari tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarliklarni ko'rmay qolgan va bahs 1:1 hisobida yakunlanib, ispan grandi finalga yo'l olgan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia