O'zbekiston Superkubogi: “Nasaf” eng ko'p sovrin yutgan, “Paxtakor” eng ko'p mag'lubiyatga uchragan

Iskandarov Abdulaziz
15 mar 2026
O'zbekiston Superkubogi tarixi statistikasi jamoalarning turnirdagi muvaffaqiyati va omadsizliklarini ham yaqqol ko'rsatib beradi

Ushbu musobaqada eng ko'p sovrinni qo'lga kiritgan jamoa - Qarshining "Nasaf” klubi hisoblanadi.

"Nasaf" Superkubokda jami 6 marta ishtirok etgan va shundan 4 marta g'alaba qozongan. Bu ko'rsatkich klubni turnir tarixidagi eng muvaffaqiyatli jamoaga aylantirib turibdi.

Aksincha, ishtiroklar soni bo'yicha yetakchi bo'lgan Toshkentning "Paxtakor" klubi Superkubok finallarida eng ko'p mag'lubiyatga uchragan jamoa sifatida qayd etilgan. "Sherlar" ushbu turnirda 7 marta ishtirok etgan va ularning 5 tasida mag'lubiyat qayd etilgan.

Shu bilan birga, boshqa jamoalar ham Superkubok tarixida o'z izini qoldirgan.

"Lokomotiv" - 3 ta ishtirok, 2 ta g'alaba

"Bunyodkor" - 1 ta ishtirok, 1 ta g'alaba

"Navbahor" - 1 ta ishtirok, 1 ta g'alaba

Shu tariqa, Superkubok statistikasiga nazar tashlasak, oxirgi yillarda ayrim jamoalar turnirda doimiy ishtirok etib kelayotgan bo'lsa, boshqalari kam sonli o'yinlardayoq yuqori natija qayd etishga muvaffaq bo'lgan. Bu esa har bir yangi Superkubok bahsida intriga va raqobat yanada kuchli bo'lishini taminlaydi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia