O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo Kubogiga yo'l olmoqda

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2026, 17:54
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Indoneziya poytaxti Jakarta shahriga uchib ketadi.

2026 yilning 27 yanvaridan 6 fevraliga qadar davom etadigan Osiyo Kubogida vakillarimizni jiddiy sinovlar kutmoqda.

Guruhdagi raqiblar va manzil

Terma jamoamiz "C" guruhidan joy olgan bo'lib, guruh bosqichida quyidagi raqiblarga qarshi parketga chiqishadi:

Yaponiya (4 karra Osiyo chempioni)

Tojikiston

Avstraliya


Bahslar Jakartadagi muhtasham "Jakarta Arena" (16 500 tomoshabin) va "Jakarta International Velodrome" (8 500 tomoshabin) sport majmualarida bo'lib o'tadi.

Delegaciya tarkibi va murabbiylar shtabi

Delegaciya rahbari: Rustam Zuparov

Bosh murabbiy: Nodir Eliboev

Darvozabonlar murabbiyi: Vitor Vianna

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Teyshera Mourisio


O'zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibi (14 futbolchi):

Darvozabonlar: Shavkat Ibragimov (Oil Star), Abbos Elmurodov (BMB PFC)

Himoyachilar: 3. Ilhomjon Hamroev (Oil Star) 4. Sunnatilla Jo'raev (Nasaf) 5. Anasxon Rahmatov (Nasaf)

Qanot o'yinchilari: 6. Shaxram Faxriddinov (OKMK) 7. Xayrulla Solixov (OKMK) 8. Samariddin Berkinov (Oil Star) 9. Abror Axmedzyanov (SQB) 10. Akbar Usmonov (SQB) 11. Ixtiyor Ropiev (Nasaf) 12. Eldor Nigmatov (Lokomotiv)

Hujumchilar: 13. Muzaffar Ahadjonov (BMB PFC) 14. Elbek To'lqinov (Oil Star)


Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada kuchli to'rtlikdan joy olgan jamoalar Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan