"BuxDU" bosh murabbiyi Azamat Sharipov: "Proligada kuchsiz jamoa yo'q deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
20 apr 2026, 21:41
Proliga 4-turidan o'rin olgan "Metallurg" – "BuxDU" (3:0) uchrashuvidan keyin "BuxDU" bosh murabbiyi Azamat Sharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- "Metallurg" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bahsni yaxshi boshladik, faqat standartdan so'ng gol o'tkazib yubordik. O'sha vaziyatni yana bir bor ko'rish kerak deb o'ylayman. Menga jarima to'pi yo'qdek ko'rindi, lekin qarorni hakamlar chiqaradi. Qizil kartochkaga keladigan bo'lsak, kechiktirilgan fol berilishi kerak edi, chunki o'yinchimizga nisbatan qo'pol o'ynaldi. O'sha vaziyatda raqib hujumga o'tib ketdi, ammo kechiktirilgan fol berilmadi. Balki futbol qoidalari o'zgargandir. Futbolchilarimizga rahmat, hamma qo'ldan kelgancha harakat qildi, keyingi bahslarda yanada yaxshi o'yin ko'rsatamiz.

- Ketma-ket mag'lubiyatlar sababi nimada?

- To'rtta turdan uchtasini safarda o'tkazdik. Menimcha, bu ham ta’sir qilyapti. Baribir uyda to'p tepish boshqacha, futbolchilarda energiya ham yuqori bo'ladi. Qolaversa kuchli jamoalarga qarshi o'yin o'tkazdik. Proligada kuchsiz jamoa yo'q deb o'ylayman.

- Jamoangiz hujumida muammolar ko'rinyapti.

- Muammolar bor, yo'q emas. Biz yaxshi yig'in o'tkazishga ulgurmadik. Futbolchilarimizning deyarli barchasi mahalliy. To'qson foiz buxorolik yigitlar o'ynayapti. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo'lishi kerak.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia