Otabek Narzullaev: "Uy o'yinlarimizni Muborakda o'tkazganimizda ko'proq ochko olardik"

Narzulla Saydullayev
30 noya 2025
OKMK - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

"O'yinni yaxshi boshlagandik, o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. O'zimizning qo'pol xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik. OKMKni g'alaba bilan tabriklaymiz. Biz esa keyingi, pley-off bahsiga tayyorlanamiz. Menimcha bizga "Buxoro" raqib bo'ldi. Asosiy vazifa "Mashal"ni Superligada olib qolish.

Pley-offdan so'ng mening klubdagi keyingi taqdirim oydinlashadi. Hozircha hech narsa aniq emas.

"Mashal" bu yil o'z uyimizda o'ynamadik. Agar Muborakda o'ynaganimizda ko'proq ochko olardik. Barcha ayb o'zimizda. Mavsumni yaxshi tugatishga harakat qilamiz.

Umid qilamanki, 2026 yil raqiblarni Muborakda qabul qilamiz", - dedi Otabek Narzullaev. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia