

Yaponiya klubi ishtirokidagi bahsni boshqarish bu safar Ilgiz Tantashevga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam bersa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi. Shuningdek, video assistentlarimiz orasidan Aziz Asimov va Abdurashid Xudoyberganov VAR hamda AVAR vazifalarini bajarishi ko'zda tutilgan. Quyida ushbu uchrashuv ma'lumotlari bilan tanishing:
Osiyo Chempionlar Ligasi. 1/8 final
"Yokogama Marinos" – "Bangkok Yunayted"
21 fevral. 16:00
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Qanot hakamlari: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Rustam Lutfullin
VAR: Aziz Asimov
AVAR: Abdurashid Xudoyberganov
Ma'lumot uchun, Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko va Timur Gaynullin ayni paytda Qatarda davom etayotgan Osiyo Kubogi musobaqasida ishlamoqda.



