

2026/27 yilgi mavsumdan boshlab liga bosqichini kengaytirish
Ushbu evolyuciyaning markazida liga ishtirokchilarini 24 tadan 32 ta klubgacha kengaytirish ko'zda tutilgan. Yangi tuzilmaga ko'ra, musobaqalar Sharqiy va G'arbiy mintaqalarda 16 tadan jamoa bilan teng taqsimlanadi.
2026/27 yilgi mavsumdan keyin 1/8 final kvalifikaciyasi
2026/27 yilgi mavsumdan keyin joriy etiladigan liga bosqichidan keyingi saralash mezonlari ham qayta ko'rib chiqiladi. Liga bosqichi yakunida har bir mintaqada 1-6-o'rinni egallagan klublar to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga yo'llanma oladi. Avvalgi formatlardan farqli ravishda 7-10-o'rinni band etgan jamoalar chiqib kyetmaydi, balki o'tish o'yinlari (pley-off)da qatnashadi.
Barcha qarorlar OFK Ijroiya qo'mitasi tasdig'idan so'ng kuchga kiradi.



